«soliq imtiyozlari» tegli maqolalar


Tadbirkorlarga tashkil etgan ish o‘rinlariga qarab soliqlardan imtiyozlar berilishi rejalashtirilmoqda
9 fevral 2024, 12:22

Tadbirkorlarga tashkil etgan ish o‘rinlariga qarab soliqlardan imtiyozlar berilishi rejalashtirilmoqda

Senat tadbirkorlarga tashkil etgan yangi ish o‘rinlariga qarab ayrim soliq imtiyozlari berilishini ko‘zda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Bunda “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin.

Qoraqalpog‘istondagi ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
13 iyun 2023, 09:36

Qoraqalpog‘istondagi ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

Qoraqalpog‘istondagi ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan tadbirkorlarga 2028-yil 1-yanvargacha foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar beriladi.

Gaz kompaniyalariga soliq imtiyozlari berilganiga qaramay, gaz ishlab chiqarish kamaydi
22 fevral 2023, 12:40

Gaz kompaniyalariga soliq imtiyozlari berilganiga qaramay, gaz ishlab chiqarish kamaydi

Tabiiy gaz bo‘yicha soliq stavkalari 3, neft va gaz kondensati uchun 2 baravar pasaytirilgani tufayli davlat budjetiga 2022 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun 538,1 mlrd so‘m soliq tushmadi. Shu bilan birga, gaz qazib olish 4%, gaz kondensati 2,8% ga kamaydi. Neft ishlab chiqarish 1,8% ga oshdi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatgan shaxslar soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi
17 fevral 2023, 14:21

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatgan shaxslar soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qurilmalarni o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar 1 apreldan ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i, u egallab turgan uchastkalar uchun yer solig‘i va ishlab chiqarilgan energiyani sotishdan olingan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.

Prezident imtiyozlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
1 noyabr 2022, 19:28

Prezident imtiyozlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Shavkat Mirziyoyev imtiyozlar samaradorligi tahlili bo‘yicha yig‘ilishda soliq va bojxona imtiyozlarini xatlovdan o‘tkazish, samarasizlarini bekor qilish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun preferensiyalarni bir xillashtirish zarurligini ta’kidladi.

3 yilga OAVlarning foyda solig‘i ikki baravarga qisqartirildi
27 iyun 2022, 16:59

3 yilga OAVlarning foyda solig‘i ikki baravarga qisqartirildi

Prezident qarori bilan shu yilning 1 iyulidan 2025 yilning 1 iyuliga qadar OAVlar foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamroq to‘laydi. Qolaversa, budjet tashkilotlariga elektron OAVlarga obuna bo‘lishga ruxsat berilmoqda.

O‘zbekistonda qaysi kompaniyalarga eng katta soliq imtiyozlari taqdim etilgan?
30 may 2022, 23:07

O‘zbekistonda qaysi kompaniyalarga eng katta soliq imtiyozlari taqdim etilgan?

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi O‘zbekistonda korxonalarga berilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalarini tahlil qildi. Uch oyda tadbirkorlik subyektlariga 9 trln so‘mdan ortiq imtiyozlar berildi, ularning aksariyati QQS bo‘yicha. Eng katta soliq imtiyozlarini oladigan kompaniyalar ro‘yxati.

Global beqarorlik sharoitida QQS bo‘yicha imtiyozlar narxlar o‘sishining oldini olishga yordam beradimi?
10 may 2022, 10:15

Global beqarorlik sharoitida QQS bo‘yicha imtiyozlar narxlar o‘sishining oldini olishga yordam beradimi?

Global beqarorlik sharoitida ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish va sotishda QQSning nol stavkasi muddati 31 dekabrgacha uzaytirildi. Imtiyozli davrning uzaytirilishi go‘sht va kartoshka bozorida kutilgan natijani berishi kutilmoqda, biroq o‘simlik yog‘i narxlari barqarorlashuvi uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Iqtisodchi, «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyev Ukrainadagi urush ortidan jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan tanglik sharoitida QQS imtiyozlarining ichki bozordagi narxlarga qanday ta’siri qilishi haqida so‘z yuritadi.

Raqobat to‘g‘risidagi yangi qonun parlamentga may oyida taqdim etiladi
10 aprel 2022, 14:29

Raqobat to‘g‘risidagi yangi qonun parlamentga may oyida taqdim etiladi

Raqobatga qarshi harakatlarni sodir etgan kompaniyalarga moliyaviy jarimalar qo‘llaniladi. Yangi tahrirdagi «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunda moliyaviy jarimalarning aniq miqdorlari va ularni qo‘llash tartiblari bayon etiladi. Avval taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar qayta ko‘rib chiqilib, qisman bekor qilinadi.

Xususiy tibbiyot muassasalari ham aylanma, foyda va yer solig‘idan ozod etildi
17 yanvar 2022, 20:28

Xususiy tibbiyot muassasalari ham aylanma, foyda va yer solig‘idan ozod etildi

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, tibbiyot muassasalari tibbiy xizmatlarni (bundan kosmetologik xizmatlar mustasno) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod qilindi. Qolaversa, tibbiyot muassasalari egallab turgan yerlar soliq solinmaydigan yer uchastkalari ro‘yxatiga kiritildi, foyda solig‘i esa 0% stavkada qo‘llanishi belgilandi.

Endi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin
15 oktabr 2021, 10:29

Endi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin

Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritishga oid qonun prezident tomonidan imzolandi. Unga muvofiq, endi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin. Qolaversa, OTMlar qatorida kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlarda ta’lim olish uchun yo‘naltirilgan daromadlar soliqqa tortilmaydi.

Tabiiy gaz importchilari bojxona bojini to‘lashdan ozod qilindi
7 oktabr 2021, 10:18

Tabiiy gaz importchilari bojxona bojini to‘lashdan ozod qilindi

Tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasining nol foiz miqdorida belgilangani, tabiiy gaz importchilarining bojxona bojidan ozod qilinayotgani, geologiya-qidiruv va izlanish ishlarining qator soliq va to‘lovlardan ozod qilinayotgani va boshqa yangiliklar — prezident yer qa’ridan foydalanuvchilarni soliqqa tortish bo‘yicha yangi farmonni imzoladi.

Tabiiy ofat natijasida zarar ko‘rgan tadbirkorlar soliqlardan ozod etiladi
24 sentabr 2021, 20:07

Tabiiy ofat natijasida zarar ko‘rgan tadbirkorlar soliqlardan ozod etiladi

Qonunchilik palatasi deputatlari tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan tadbirkorlar va yerlari sho‘rlangan hududlarda yashovchi fuqarolarga soliq to‘lovlaridan yengilliklar yaratishni ko‘zda tutgan qonunni qabul qildi.

Turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun soliq bo‘yicha yengilliklar berildi
16 sentabr 2021, 10:46

Turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun soliq bo‘yicha yengilliklar berildi

Prezident Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari foyda solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.

Qo‘llanma: ta’lim kontrakti to‘lovi uchun soliq imtiyozini olish
16 oktabr 2020, 12:00 29

Qo‘llanma: ta’lim kontrakti to‘lovi uchun soliq imtiyozini olish

Ta’lim kontrakti to‘lovi uchun kimlarning daromadi soliqqa tortilmaydi? Kontrakt to‘lovchi shaxs uchun soliq imtiyozini olish usullari va ularning qo‘llanilishi haqida — «Gazeta.uz» qo‘llanmasida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting